BMS Group

Biz haqimizda

BMS — innovatsion, samarali va energiya tejamkor suv nasos stansiyalari

Kompaniya haqida

BMS Solutions Leader 2018-yildan beri suv nasoslari savdosi bilan shug'ullanadi, 2021-yildan boshlab esa O'zbekistonda katta hajmli, eng zamonaviy suv nasos stansiyalarini taqdim etib kelmoqda. Asosiy maqsadimiz — qurilish loyihalari uchun yuqori sifatli, samarali va ishonchli suv nasos stansiyalarini yetkazib berish.

Bugungi kunda «BMS» brendi ostida suv nasoslari, nasos stansiyalari va avtoservis uskunalari sotuvchi 4 ta do'kondan iborat savdo tarmog'i faoliyat yuritadi. Ichimlik suvi va yong'in xavfsizligi uchun aqlli nasos stansiyalari, individual issiqlik punktlari (ITP) hamda katta va kichik hajmdagi osmos suv filtrlarini taklif etamiz.

Biz eng yirik nasos brendlaridan biri — «SHIMGE» kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy dilerimiz va nasos uskunalari savdosi bilan katta hajmda shug'ullanamiz. Shu sababli qurgan stansiyalarimizni ehtiyot qismlar bilan 100% o'zimiz ta'minlaymiz — kerakli qism topilmay qolishi kabi muammo bizda umuman bo'lmaydi.

BMS jamoasi
  • 258bajarilgan loyiha
  • 4 tasavdo do'koni
  • 2 yilstansiyalarga rasmiy kafolat
  • 2–24soat ichida tezkor servis
Nusratulloh Ibadullayev

Kompaniya asoschisi

Nusratulloh Ibadullayev

Tadbirkor: savdo va xizmat ko'rsatish sohasida

BMS

Suv nasoslari, nasos stansiyalari va avtoservis uskunalari sotuvchi do'konlar tarmog'i. Hozirda 4 ta do'kon mavjud.

Sarishta

«Cleaning» xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniya.

Bizning maqsadimiz

Kompaniyamiz oliy maqsadi — sifatli xizmat ko'rsatish orqali xalqimizning og'irini yengil qilish va yashash tarzini yangi bosqichga olib chiqish.

Nima uchun bizni tanlashadi

2 yillik rasmiy kafolat

Qurgan har bir nasos stansiyamizga 2 yillik rasmiy kafolat — muammo yuzaga kelsa, bepul bartaraf etamiz

Doimiy servis xizmati

Mijozlarimizga 1 yillik bepul servis taqdim etamiz, xodimlarimiz 2–24 soat ichida yetib borishadi

Ehtiyot qismlar zaxirada

SHIMGE rasmiy dileri sifatida har qanday ehtiyot qism bilan 100% o'zimiz ta'minlab beramiz

Energiya tejamkor stansiyalar

Aqlli invertorli stansiyalarimiz shovqinsiz ishlaydi va elektr sarfini sezilarli kamaytiradi

Ish jarayoni

Ehtiyojni aniqlash
1

Ehtiyojni aniqlash

Mutaxassislarimiz siz bilan bog'lanib, ehtiyojingizga mos nasos stansiyasini aniqlashadi va narxini hisoblab berishadi

Tayyorlash va sinov
2

Tayyorlash va sinov

Loyiha bo'yicha nasos stansiyasi tayyorlanadi va ishlash jarayoni test qilinadi

Yetkazish va ishga tushirish
3

Yetkazish va ishga tushirish

Tayyorlangan nasos stansiyani yetkazib, ishga tushirib beramiz va doimiy servis bilan ta'minlaymiz

Mijozlarimiz — 258 ta loyiha

O'zbekiston bo'ylab 258 ta qurilgan obyektni nasos stansiyalari va ITP lar bilan ta'minladik

«Khorezm Auto» avtomobil ishlab chiqarish zavodi

«Khorezm Auto» avtomobil ishlab chiqarish zavodi

Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Pitnak

Nasos modeli: Shimge LHTS

«Iskander Buildings Megapolis» loyihasi

«Iskander Buildings Megapolis» loyihasi

Navoiy viloyati, Zarafshon shahri

Nasos: 5,5 kVt, 4 komplekt

«MASH'AL» futbol klubi stadioni

«MASH'AL» futbol klubi stadioni

Muborak tumani, «Tong» mahallasi

Nasos stansiyasi: Shimge BLT 45/6

Bizga ishonch bildirgan mashhur brendlar

  • TXT Group
  • SXF
  • Iskander Buildings
  • Better Best
  • Agromir Buildings
  • Yuksalish Group
  • UzAuto

Ish jarayonidan lavhalar

Ish jarayonidan lavhalar — 1
Ish jarayonidan lavhalar — 2
Ish jarayonidan lavhalar — 3
Ish jarayonidan lavhalar — 4

Hamkor brendlar

  • KEMAGE
  • SHIMGE
  • GREEN PRO
  • SAAB
  • HELI
  • AQUA STREAM

Bepul konsultatsiya oling

Ma'lumotlaringizni qoldiring — 15 daqiqa ichida bog'lanamiz