
«Khorezm Auto» avtomobil ishlab chiqarish zavodi
Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Pitnak
Nasos modeli: Shimge LHTS
Suv nasoslari bilan bog'liq har qanday muammoga mukammal yechim — loyihalashdan doimiy servisgacha bitta kompaniyadan

Nasos stansiyalari egalari duch keladigan eng ko'p uchraydigan muammolar — biz ularning har biriga yechim beramiz
Ta'mirlash vaqti kelganda kerakli ehtiyot qismlar o'z vaqtida topilmay, stansiya haftalab to'xtab qoladi.
Servis xizmati bo'lmagani uchun kichik nosozlik ham juda uzoq vaqt bartaraf etilmaydi.
Binodagi hamma xonadonga suv bir xil yetib bormaydi — yuqori qavatlarda bosim juda past.
Noto'g'ri tanlangan uskuna qisqa vaqt ichida ta'mirtalab bo'ladi yoki kuyib qolish xavfi tug'iladi.
Sifatsiz stansiya shovqin bilan ishlab, bino aholisiga doimiy noqulaylik tug'diradi.
BMS Group bilan bu muammolarning barchasini unutasiz — to'g'ri loyihalangan stansiya, zaxiradagi ehtiyot qismlar va tezkor servis doim yoningizda.
Ish avvalida bino o'lchamlari, xonadonlar soni, maksimal suv iste'moli va elektr ko'rsatkichlarini chuqur tahlil qilamiz — so'ng parametrlari aynan sizga mos zamonaviy stansiyani taklif etamiz.
Jamoamizda 8 yillik ish tajribasiga ega professional muhandislar va montajchilar ishlaydi.
39 yillik tajribaga ega xalqaro «SHIMGE» kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy dilerimiz — shu sababli ehtiyot qismlar doim zaxirada, narxlar esa vositachilarsiz.
Har bir soha uchun alohida yechim — ehtiyojingizga mos stansiya turini birga tanlaymiz
Yuqori qavatlarda ham barqaror suv bosimi. Chastotali boshqaruv energiya tejaydi, nasoslar navbat bilan ishlab uzoq xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish liniyalari va texnologik jarayonlar uchun uzluksiz ishlovchi, zaxira nasosli tizimlar.
Sug'orish va suv ta'minoti uchun avtomatik stansiyalar — jadval bo'yicha ishlaydi, suvni tejaydi.
So'rovdan doimiy servisgacha — 6 aniq bosqich
Muhandis ob'ektga chiqib, loyihangiz parametrlariga mos stansiyani aniqlaydi
Aniq smeta — uskuna, montaj va muddatlar bilan
Kelishuv imzolanadi va qurilish ishlari boshlanadi
Stansiyani o'rnatib, sozlab, sinovdan o'tkazamiz
Uskuna va montaj ishlariga rasmiy kafolat beramiz
Ehtiyot qismlar va tezkor texnik xizmat doim yoningizda
O'zbekiston bo'ylab 258 ta obyektni nasos stansiyalari va ITP lar bilan ta'minladik — mana ulardan ayrimlari

Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani, Pitnak
Nasos modeli: Shimge LHTS

Navoiy viloyati, Zarafshon shahri
Nasos: 5,5 kVt, 4 komplekt

Muborak tumani, «Tong» mahallasi
Nasos stansiyasi: Shimge BLT 45/6







Qurgan stansiyalarimiz va mijozlarimiz fikrlari — qisqa videolarda




Ha, albatta — butun O'zbekiston bo'ylab xizmat ko'rsatamiz. Muhandislarimiz istalgan hududga chiqib, o'lchov olib, montaj qiladi.
Biz 39 yildan beri faoliyat yuritayotgan xalqaro SHIMGE kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy dilerimiz. Ko'p almashtiriladigan ehtiyot qismlarni doim zaxirada saqlaymiz.
Tezkor servis xizmatimiz mavjud — murojaatdan so'ng mutaxassislarimiz eng qisqa fursatda ob'ektga yetib boradi va nosozlikni joyida bartaraf etadi.
Loyiha hajmiga bog'liq: oddiy stansiya 1–3 kun, yirik sanoat loyihalari 1–4 hafta. Aniq muddat smetada oldindan belgilanadi.
Muhandisimiz bepul chiqib, o'lchov olib, aniq smeta tayyorlab beradi. Raqamingizni qoldiring — 15 daqiqada bog'lanamiz.
+998 93 804 09 09