BMS Group
Bajarilgan loyiha

Almaz Tower: Better Best uchun 8 nasosli stansiya

15-oktabr, 20263 daqiqa o'qiladi
Better Best — poytaxtdagi yirik qurilish kompaniyalaridan biri. «Almaz Tower» majmuasining suv ta'minoti stansiyasini ular bizga ishonib topshirishdi. Bu loyihada asosiy talab ishonchlilik edi — 200 ta oila bir daqiqa ham suvsiz qolmasligi kerak.

Obyekt haqida

«Almaz Tower» — Better Best qurgan 16 qavatli premium-sinf turar-joy majmuasi. U Toshkentning Yashnobod tumanida, «Rohat» metro bekati yaqinida joylashgan, unda 200 ta xonadon bor. Bunday balandlikdagi binoda suv yuqori qavatlarga shahar tarmog'i bosimi bilan chiqmaydi — doimiy ishlaydigan bosim oshirish stansiyasi kerak.

Qanday yechim berdik

Stansiyani maksimal zaxira bilan loyihaladik: har bir ishlayotgan nasos uchun bitta zaxira nasos. To'rtta nasos suvni uzatadi, yana to'rttasi istalgan vaqtda ularning o'rnini egallashga tayyor turadi. Boshqaruv kaskad usulida: sarf kam bo'lganda bitta nasos ishlaydi, sarf oshgani sari qolganlari navbat bilan ulanadi.
  • SHIMGE BLT 32-4 — vertikal ko'p bosqichli nasoslar, 8 ta (4 ishchi + 4 zaxira)
  • SAJ PDH chastota invertori — kaskad boshqaruv
  • BMS kollektori va membranali bak
«Almaz Tower» — Better Best majmuasi, Yashnobod tumani
«Almaz Tower» — Better Best majmuasi, Yashnobod tumani

Ikki oyda, belgilangan kunda

Buyurtma 2024-yil 15-noyabrda qabul qilindi, besh kundan so'ng yig'ish boshlandi. Stansiya ustaxonada yig'ilib, sinovdan o'tkazildi va 2025-yil 16-yanvarda — kelishilgan kunning o'zida — topshirildi. Bugun «Almaz Tower»ning 200 ta xonadoni BMS stansiyasi orqali suv olmoqda, stansiya 24 oylik kafolatga ega.
«Almaz Tower» majmuasi«Almaz Tower» majmuasi
«Almaz Tower» majmuasi

Sizning obyektingiz uchun ham stansiya yig'ib beramiz

Obyekt haqida qisqacha yozing — hisob-kitob va tijorat taklifini tayyorlab, 15 daqiqa ichida bog'lanamiz