Yuksalish Eco City: 1000 xonadonni suv bilan ta'minlaydigan stansiya
15-oktabr, 20263 daqiqa o'qiladi
Samarqanddagi Eco City majmuasida 1000 ta xonadon bor. Ularning barchasi bitta nasos stansiyasidan suv oladi — va bu stansiyani biz yig'ganmiz. Yuksalish group bilan ishlagan loyihamiz haqida hikoya qilamiz.
Kichik bir mahalla
Eco City — Yuksalish group kompaniyasining Samarqand shahridagi turar-joy majmuasi. Majmua yevropacha uslubdagi mansardali 6 qavatli uylar, keng hovlilar, gulzorlar va dam olish maydonchalaridan iborat. Majmua ikki uslubda qurilgan — mansardali klassik binolar va zamonaviy Hi-Tech binolar, hududida esa maktab, bog'cha, sport zali va sayr maskanlari bor.
Eco City'ning mansardali klassik binolaridan biri
Vazifa: hamma joyda bir xil bosim
6 qavat unchalik baland emasdek tuyuladi. Lekin 1000 ta xonadon bir vaqtda suv ochganda — ayniqsa ertalab va kechqurun — sarf keskin oshadi, majmua bo'ylab tarqalgan uzun quvurlar esa bosimni pasaytiradi. Buyurtmachiga butun majmuani bitta markazdan, kunning istalgan soatida bir xil bosim bilan ta'minlaydigan kuchli stansiya kerak edi.
Qanday yechim berdik
Biz to'rt nasosli kaskad stansiya yig'dik. Sarf kam bo'lganda bitta nasos ishlaydi, sarf oshgani sari chastota invertori navbatdagi nasoslarni ishga tushiradi va yuklamani ular orasida taqsimlaydi. Tunda ortiqcha energiya sarflanmaydi, eng gavjum soatlarda esa yuqori qavatlarda ham bosim tushmaydi.
SHIMGE BLT 45-5 — kuchli vertikal ko'p bosqichli nasoslar, 4 ta
SAJ PDH chastota invertori — kaskad boshqaruv uchun
Katta diametrli BMS kollektori va membranali bak
Eco City uchun yig'ilgan 4 nasosli stansiya
Kelishilgan kunda
Buyurtma 2025-yil 25-sentabrda tushdi, bir haftadan so'ng yig'ish boshlandi. Stansiya ustaxonamizda to'liq yig'ilib, sinovdan o'tkazildi va 25-noyabr kuni — kelishilgan muddatning aynan o'zida — obyektga topshirildi. Bugun Eco City'ning 1000 ta xonadoni BMS stansiyasi orqali suv olmoqda, stansiya 24 oylik kafolatga ega.
Eco City majmuasi
Sizning obyektingiz uchun ham stansiya yig'ib beramiz
Obyekt haqida qisqacha yozing — hisob-kitob va tijorat taklifini tayyorlab, 15 daqiqa ichida bog'lanamiz